Production darajasidagi Fullstack: NestJS + Next.js
Чему научатся
- NestJS'da modulli, test qilingan REST API qurish
- PostgreSQL sxemasini loyihalash va migratsiyalar bilan boshqarish
- JWT + refresh token va rollarga asoslangan ruxsatlarni to'g'ri qilish
- Next.js App Router'da SSR, kesh va SEO'ni sozlash
- Fayl yuklash: presigned URL va MinIO
- Unit va e2e testlar yozish
- Loyihani Docker, Nginx va CI/CD bilan serverga chiqarish
Полное описание
Bu kursda biz bitta real loyiha — kichik LMS (onlayn ta'lim platformasi) — ni noldan production'gacha quramiz. Backend NestJS va PostgreSQL'da, frontend Next.js App Router'da yoziladi, loyiha esa Docker, Nginx va CI/CD bilan serverga chiqariladi.
Kurs nazariya emas, amaliyot: har bir modul loyihaga yangi qism qo'shadi — modulli API, ma'lumotlar bazasi sxemasi va migratsiyalar, JWT + refresh token, rollar, SSR va SEO, fayl yuklash, testlar va deploy. Material Learn-Up platformasini qurishdagi real tajribaga asoslangan.
Kurs oxirida sizda GitHub'da toza kodli, test qilingan va jonli havolada ishlayotgan to'liq fullstack loyiha bo'ladi — portfolio va ish suhbati uchun eng kuchli dalil.
Требования
- TypeScript asoslari (tiplar, interfeyslar, async/await)
- React komponentlari va hook'lar
- Git va terminal bilan ishlash
- SQL'ning oddiy so'rovlari (SELECT, JOIN)
Для кого курс
- JavaScript/TypeScript va React asoslarini biladigan, lekin hali to'liq loyihani production'ga chiqarmagan dasturchilar
- Frontend dasturchilar — backend'ni ham o'rganib fullstack bo'lmoqchi bo'lganlar
- Junior dasturchilar — real loyiha bilan portfolio yig'moqchi bo'lganlar
О преподавателе
Отзывы и рейтинг
0.0
Отзывов: 0
Оценок пока нет — оцените первым.
Вопросы и ответы
Задайте вопрос по курсу — ответят преподаватель и другие студенты
Вопросы и ответы доступны только записавшимся на курс
Бесплатно
Что входит в курс
- 3 ч занятий
- Доступ навсегда
- Сертификат с проверкой по коду
- Узбекский