Преподаватель
Qudratjon Nuriddinov
Fullstack dasturchi
1
Курсы
0
Студенты
0
Средний рейтинг
О преподавателе
Salom! Men Qudratjon Nuriddinov, fullstack dasturchiman. 5 yildan beri NestJS, Next.js va TypeScript bilan real loyihalar qurib kelaman.
Learn Up platformasini ham o'zim noldan yozganman: backend, frontend, to'lovlar, real-time chat, CI/CD va production'ga deploy. Shuning uchun darslarimda "nazariya uchun nazariya" yo'q. Har bir mavzuni haqiqiy loyihada qanday ishlashini ko'rsataman.
Darslarimda nimalarni o'rganasiz:
- NestJS'da toza arxitektura: modullar, DTO, validatsiya, guard va interceptor'lar
- PostgreSQL va TypeORM: migratsiyalar, indekslar, tranzaksiyalar
- Next.js'da SSR, SEO va kesh bilan ishlash
- Autentifikatsiya (JWT, Google), fayl yuklash, Redis
- Testlar, CI/CD va Docker bilan production'ga chiqarish
Men qanday o'qitaman: qisqa tushuntirish, keyin amaliyot. Har bo'lim oxirida test bor, katta mavzularda esa uy vazifasi. Uy vazifasini shaxsan tekshirib, kodingizga izoh yozaman. Savollaringizga chatda javob beraman.
Kursni tugatganingizda portfoliongizga qo'yadigan, ishlaydigan fullstack loyihangiz bo'ladi.
Навыки
- JavaScript
- TypeScript
- React.js
- Next.js
- Node.js
- Nest.js
- Express.js
- MongoDB
- Postgresql
- MySQL