Tahrir: 4 Oktabr 2026
Pulni qaytarish tartibi
Qaysi hollarda va qanday tartibda kurs uchun to'langan pul qaytariladi.
1. Pul qaytariladigan holat
Kurs sizga ma'qul kelmasa, to'lovingiz tasdiqlangan paytdan boshlab 7 kun ichida so'rov yuborsangiz va kursning 20 foizidan kamini ko'rgan bo'lsangiz, to'langan summaning 100 foizi qaytariladi.
7 kun o'tgach yoki kursning 20 foizi va undan ko'pi ko'rilgan bo'lsa, xizmat ko'rsatilgan hisoblanadi va pul qaytarilmaydi.
2. Kursning ko'rilgan qismi qanday hisoblanadi
- Video kurs — tugatilgan darslar ulushi (Shaxsiy kabinetdagi progress).
- Jonli kurs — o'tkazib bo'lingan mashg'ulotlar ulushi (bekor qilinganlarsiz), Talaba qatnashgan-qatnashmaganidan qat'i nazar.
- Ijrochi aybi bilan o'tkazilmagan mashg'ulot qayta o'tkaziladi va hisobga kirmaydi.
Qaytarish mumkinmi yoki yo'qligini va oxirgi muddatni "To'lovlar" sahifasida ko'rasiz.
3. Qanday so'raladi va qachon qaytariladi
- Shaxsiy kabinetdagi "To'lovlar" sahifasida kerakli to'lov qatoridagi "Pulni qaytarish" tugmasini bosing.
- Sababni qisqacha yozing, pul qaytariladigan karta raqami va karta egasining ismini kiriting.
- Shart bajarilgan bo'lsa, summaning 100 foizi 3 ish kuni ichida (shanba va yakshanbasiz) siz ko'rsatgan kartaga o'tkaziladi va kursga kirish yopiladi. Natija haqida bildirishnoma keladi.
- So'rov rad etilsa, sababi ko'rsatiladi. Ko'rib chiqilmaguncha so'rovni o'zingiz bekor qilishingiz mumkin.
Savollar bo'yicha: info@learn-up.uz, Telegram: @learn_up_uz.
4. Ortiqcha yoki xato to'lov
Bir kurs uchun ikki marta to'lagan yoki kurs narxidan ortiq summa o'tkazgan bo'lsangiz, chek bilan biz bilan bog'laning — ortiqcha summa 3 ish kuni ichida kartangizga qaytariladi. Platformada ko'rsatilmagan boshqa karta yoki shaxsga qilingan to'lovni qaytarish imkoniyatimiz yo'q.
5. Istisnolar
Foydalanish shartlari qo'pol buzilgani (kurs materiallarini tarqatish, hisobni boshqalarga berish, soxta to'lov cheki yuborish) sababli bloklangan hisob bo'yicha to'lov, qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, qaytarilmaydi.