Tahrir: 4 Oktabr 2026
Maxfiylik siyosati
Learn Up qaysi shaxsga doir ma'lumotlarni, nima uchun va qanday qayta ishlaydi.
1. Operator
Shaxsga doir ma'lumotlaringizni Learn Up platformasi ma'muriyati (learn-up.uz) qayta ishlaydi. Ma'lumotlar bo'yicha murojaatlar uchun: privacy@learn-up.uz, umumiy savollar uchun: info@learn-up.uz, Telegram: @learn_up_uz.
Qayta ishlash O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Hisob: ism, familiya, email, parol (faqat shifrlangan xesh ko'rinishida), profil rasmi, telefon raqami (kiritilgan bo'lsa).
- O'qish: yozilgan kurslar, darslar bo'yicha progress, qaydlar, test javoblari, topshiriqlar, davomat, baholar, sertifikatlar.
- Test paytidagi faollik hodisalari (masalan, test oynasidan chiqish) — test halolligini ta'minlash uchun.
- Muloqot: izohlar, savollar, guruh chatidagi xabarlar, aloqa formasi orqali yuborilgan murojaatlar.
- To'lovlar: summa, sana, holat, siz yuborgan to'lov cheki (skrinshot) va to'lagan kartangizning oxirgi 4 raqami. Pulni qaytarish so'ralsa — pul qaytariladigan karta raqami va egasining ismi. Kartaning amal qilish muddati, CVV va SMS kodlari hech qachon so'ralmaydi va saqlanmaydi.
- O'qituvchilar: o'qituvchilikka ariza ma'lumotlari (mutaxassislik, tajriba, diplom va rezyume fayllari) va daromadni yechish uchun ko'rsatilgan karta raqami va egasining ismi.
- Telegram: botga ulansangiz — Telegram chat identifikatoringiz (bildirishnoma va cheklarni yuborish uchun). Ota-onani ulash ham ixtiyoriy.
- Texnik: IP manzil, brauzer va qurilma turi, kirish seanslari — hisob xavfsizligi uchun.
- Sayt statistikasi: Yandex Metrika orqali sahifalarni ko'rish, bosishlar va sahifadagi harakatlar (pastda, 10-bo'limga qarang).
3. Maqsad va huquqiy asos
- Kurslarga kirishni taqdim etish va ofertani bajarish (shartnoma asosida).
- To'lovlarni tekshirish va tasdiqlash, pulni qaytarish, o'qituvchilarga daromadini o'tkazish.
- Sertifikat berish va uning haqiqiyligini saytda ochiq tekshirish imkoniyati.
- Xizmat xabarlari: tasdiqlash kodlari, dars eslatmalari, to'lov holati haqidagi bildirishnomalar.
- Xavfsizlik: firibgarlik, soxta cheklar va hisobni buzishning oldini olish.
- Saytni yaxshilash — umumlashtirilgan statistika asosida.
- Qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlariga ma'lumot taqdim etish.
Ro'yxatdan o'tishda siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz; rozilik sanasi va hujjat versiyasi saqlanadi. Reklama xatlari yuborilmaydi.
4. Ma'lumotlar kimga ko'rinadi va beriladi
- Siz yozilgan kursning o'qituvchisi — ismingiz, progressingiz, topshiriqlaringiz, davomat va baholaringiz.
- Jonli guruhdagi boshqa talabalar — ismingiz; o'qituvchi guruh jurnalini ochiq qilgan bo'lsa, davomat, baholar va reytingdagi o'rningiz.
- Sertifikatni tekshirgan har kim — sertifikat raqami bo'yicha ism, kurs nomi va berilgan sana.
- To'lov cheklari va karta ma'lumotlarini faqat to'lovlarni tasdiqlovchi ma'muriyat ko'radi; o'qituvchilarga ular ko'rsatilmaydi.
- Texnik xizmat ko'rsatuvchilar — faqat xizmat ko'rsatish doirasida: Hetzner Online GmbH (serverlar, Germaniya), Brevo (email yuborish), Yandex (sayt statistikasi), Telegram (bot orqali xabarlar, faqat ulansangiz).
- Jonli mashg'ulotlar o'qituvchi ko'rsatgan tashqi video xizmati (masalan, Zoom yoki Google Meet) orqali o'tadi — unga qo'shilganingizda o'sha xizmatning o'z shartlari amal qiladi.
- Davlat organlari — faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda.
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi.
5. Jonli mashg'ulotlar yozuvi
O'qituvchi jonli mashg'ulot yozuvini kursga joylashi mumkin; yozuv faqat shu guruh ishtirokchilariga ochiq bo'ladi. Kamera va mikrofonni yoqish ixtiyoriy.
6. Saqlash joyi va chegaradan o'tkazish
Platforma ma'lumotlari Germaniya hududidagi serverlarda (Hetzner Online GmbH) saqlanadi. Email yuborish (Brevo) va sayt statistikasi (Yandex Metrika) xizmatlari ma'lumotlarning bir qismini o'z serverlarida qayta ishlaydi. Platformadan foydalanib, siz ma'lumotlaringiz shu davlatlardagi serverlarda qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.
7. Saqlash muddati
- Hisob ma'lumotlari — hisob faol bo'lgan davrda. O'chirish so'ralganda — 30 kun ichida o'chiriladi yoki shaxssizlantiriladi.
- To'lov yozuvlari va cheklar — nizolar va qaytarishlarni hal qilish uchun 3 yil.
- Sertifikat ma'lumotlari — uning haqiqiyligini tekshirish imkoniyati saqlanib turishi uchun.
- Xavfsizlik jurnallari — 6 oy.
8. Sizning huquqlaringiz
- Qaysi ma'lumotlaringiz, qanday maqsadda qayta ishlanayotganini bilish va nusxasini olish.
- Noto'g'ri ma'lumotni tuzattirish.
- Ma'lumotlarni o'chirishni yoki qayta ishlashni to'xtatishni talab qilish; roziligingizni qaytarib olish.
- Telegram bog'lanishini va bildirishnomalarni istalgan paytda Shaxsiy kabinetda o'chirish.
- Vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilish.
So'rovni privacy@learn-up.uz manziliga ro'yxatdan o'tgan emailingizdan yuboring — 10 kun ichida javob beramiz. Profil ma'lumotlarini Shaxsiy kabinetda o'zingiz ham o'zgartira olasiz.
9. Voyaga yetmaganlar
18 yoshga to'lmagan foydalanuvchi Platformadan ota-onasi yoki vasiysining roziligi bilan foydalanadi; kurs uchun to'lovni ham ota-ona qiladi yoki unga rozilik beradi. Ota-ona farzandining ma'lumotlari bo'yicha yuqoridagi manzilga murojaat qilishi mumkin.
11. Xavfsizlik
Aloqa HTTPS orqali shifrlanadi, parollar xesh ko'rinishida saqlanadi, fayl va videolarga faqat qisqa muddatli imzolangan havola orqali kiriladi, to'lov cheklari va karta ma'lumotlarini faqat ma'muriyat ko'radi, xodimlarning kirishi rol bo'yicha cheklangan, zaxira nusxalar muntazam olinadi.
12. O'zgartirishlar
Siyosatning yangi tahriri shu sahifada sana bilan e'lon qilinadi. Muhim o'zgarishlar haqida email yoki bildirishnoma orqali xabar beriladi.