Bu kursda biz bitta real loyiha — kichik LMS (onlayn ta'lim platformasi) — ni noldan production'gacha quramiz. Backend NestJS va PostgreSQL'da, frontend Next.js App Router'da yoziladi, loyiha esa Docker, Nginx va CI/CD bilan serverga chiqariladi.
Kurs nazariya emas, amaliyot: har bir modul loyihaga yangi qism qo'shadi — modulli API, ma'lumotlar bazasi sxemasi va migratsiyalar, JWT + refresh token, rollar, SSR va SEO, fayl yuklash, testlar va deploy. Material Learn-Up platformasini qurishdagi real tajribaga asoslangan.
Kurs oxirida sizda GitHub'da toza kodli, test qilingan va jonli havolada ishlayotgan to'liq fullstack loyiha bo'ladi — portfolio va ish suhbati uchun eng kuchli dalil.
0.0
0 ta izoh
Hali baho qo'yilmagan — birinchi bo'lib baholang.
Kurs bo'yicha savolingizni yozing — o'qituvchi va boshqa o'quvchilar javob beradi
Savol-javob faqat kursga yozilgan o'quvchilar uchun
Bepul
Kursga nimalar kiradi